Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Jadidlarning uchinchi renessans poydevoridagi oʻrni: oʻrganishning zamonaviy metodikasi va tendensiyalari” mavzusida respublika miqyosida seminar-trening

“Jadidlarning uchinchi renessans poydevoridagi oʻrni: oʻrganishning zamonaviy metodikasi va tendensiyalari” mavzusida respublika miqyosida seminar-trening

04.05.2024

foreign

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2024-yil 4-may kuni “Jadidlarning uchinchi renessans poydevoridagi oʻrni: oʻrganishning zamonaviy  metodikasi va tendensiyalari” mavzusida akademik litseylarning tarix, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari uchun respublika miqyosida seminar-trening oʻtkazildi. Seminar-treningda xalqimiz ozodligi va vatanimiz ravnaqi yoʻlida oʻz jonlarini fido qilgan jadidlarning faoliyati va merosini oʻrganish, bu merosni oʻquvchilarga chuqur anglatishga katta e’tibor berildi. Mazkur tadbirga jadidchilik harakati yetakchilaridan ma’rifatparvar Abdulla Avloniy avlodi, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod va Toshkent shahrida joylashgan akademik litseylarning tarix, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari ishtirok etdi. Shuningdek, respublikaning boshqa hududlari oʻqituvchilari zoom platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniga ega boʻldi. Tadbirning ikkinchi yarmida oʻqituvchilar sho’balarga boʻlingan holda oʻzaro tajriba almashishdi va trening darslari oʻtishdi.