Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv

“Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv

23.04.2024

foreign

2024-yil 23-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda JIDU akademik litseyi o'quvchilari ishtirokida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish va yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ularni maʻnaviy hamda ruhiy jihatdan yanada rivojlantirish maqsadida  “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda shoira, yozuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Farida Afruz, shoir, yozuvchi Muhammad Ismoil, nasriy yozuvchi va dramaturg Javlon Jovliev hamda universitet talabalari, akademik litsey pedagogik jamoasi, oʻquvchilari ishtirok etdi. O‘quvchilar adabiyot olami vakillari bilan yaqindan tanishib, ularning hayotiy va ijodiy tajribalari, ijod namunalaridan bahramand boʻlishdi.