Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

19.11.2025

foreign

    2025 yil 18 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi keng nishonlandi. Tadbir davlat ramzlariga hurmat, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, so‘ngra litsey ma’muriyati, ustozlar va faxriy mehmonlar tomonidan Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, uning mustaqillik ramzi sifatidagi o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan bayroqning yaratilish tarixi, ramziy ma’nosi, davlat ramzlariga hurmat borasidagi qonuniy talablar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ijodiy chiqishlar, videorolik namoyishi va vatanparvarlik ruhidagi she’rlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Mazkur tadbir yoshlarning milliy g‘ururini oshirish, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.