Joriy yilning 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni isteʼmol qilish, shuningdek diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyalari va taʼsiriga tushib qolish holatlari oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida IIB akademiyasi tinglovchisi Muzrobot tumani IIB boshlig'i birinchi o'rinbosari mayor B.Umarov, Mirzo Ulug'bek tumani IIO FMB HPB boshlig'i mayor Sh.Baratovlar ishtirok etdi. Ma’ruzachilar o‘quvchilarga giyohvandlikka qarshi kurash, diniy ekstremizmning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvand moddalar, psixotrop dorilar muomalasining zararli oqibatlari to‘g‘risida profilaktik tushuntirish berishdi.