27.11.2025
2025-yil 27-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida jamiyatda zo‘ravonlikning oldini olish, o‘quvchi-yoshlar ongida bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va madaniy muloqot tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz! Biz bag‘rikeng va madaniyatli jamiyat tarafdorimiz!” mavzusida o'quvchi qizlarga ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda litsey ma’muriyati, o‘qituvchilar, psixologlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab mutaxassislar tomonidan zo‘ravonlikning turlari, uning salbiy oqibatlari, yoshlar tarbiyasida sog‘lom kommunikatsiyaning ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi.
Tadbir davomida bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy muhitda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ishtirokchilar zo‘ravonlikka qarshi kurashish har bir fuqaroning ma’suliyatiga aylanishi kerakligini ta’kidladilar.
Yakunda faol ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirilib, tadbir o‘quvchi-yoshlarni sog‘lom hayot tarziga, o‘zaro hurmat va madaniyatga sodiq bo‘lishga chorlovchi ruhda yakunlandi.