04.12.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida joriy yilning 4-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirning asosiy maqsadi — oʻquvchilar ongida Konstitutsiyaning jamiyat va davlat hayotidagi oʻrni, unda belgilangan demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi borasida chuqur tushuncha va hurmat tuygʻusini shakllantirishdan iborat boʻldi.
Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori O.Mannopova ochib berdi va JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti dekani, yuridik fanlar nomzodi, dotsent, huquq ustuvorligi bo'yicha xalqaro ekspert Serikbek Muratayev, Oʻzbekiston Respublikasi milliy axborot agentligi bosh direktori birinchi oʻrinbosari, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ishtirok etib Konstitutsiyaning mazmun mohiyati, ijtimoiy va siyosiy oʼrni, qonun ustuvorligini taʼminlash taʼminlash boʼyicha maʼruza qildi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Shuningdek tadbirda akademik litsey oʼquvchilari va Oʼzbekiston davlat konservatoriaysi talabalari tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishlari, sheʼrlar, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.