Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Xalqaro hamkorlik natijalari

Xalqaro hamkorlik natijalari

31.03.2024

foreign

   30 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining  “International House Tashkent” akademik litseyi va Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqotlar instituti "Oliy iqtisodiyot maktabi" bilan hamkorlikda tashkil qilingan qoshma dasturning ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bolib otdi. Tantanali tadbirda faxriy mehmonlar, JIDU hamda «TIQXMMI» MTU rahbariyati, Milliy tadqiqotlar instituti "Oliy iqtisodiyot maktabi" vakillari, akademik litsey direktorlari, pedagoglar jamoasi hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori D.Amonov bitiruvchilarni tabriklab, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tiladi.  JIDU akademik litseyining 28 nafar o‘quvchisi qoshma dasturni muvafaqqiyatli tamomlab,  Milliy tadqiqotlar instituti "Oliy iqtisodiyot maktabi"ning diplom va sertifikatlari, esdalik sovgalariga, ega bo`lishdi hamda 9 nafar o'quvchiga 100 foizli grant ajratildi.