Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Qo'shma dastur

06.09.2024

foreign

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti hamda Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qoʻshma dastur doirasida  oʻqitilayotgan fanlar qatorida fin tili darslari ham boshlandi. Darslarni Aalto univeristeti (QS top ranking universitetlar ko’rsatkichi bo’yicha 200 talikdan o’rin olgan universitet) professori Aija Elg oʻtmoqda. Ushbu professor ta’lim vazirligida fin tilini o’qitish bo’yicha bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan, Tampere universiteti, Jyvaskyla universiteti, Kaliforniya universiteti, Minnesota universiteti, Washington universiteti va Indiana universitetlarida ishlagan.

Darslarda oʻquvchilar fin tilini oʻrganish bilan birga, fin xalqi tarixi, madaniyati va turmush-tarzi toʻgʻrisida qiziqarli ma’lumotlarga ega boʻlishmoqda.