Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Samarali diplomatiya – tinchlik va barqarorlik kaliti

Samarali diplomatiya – tinchlik va barqarorlik kaliti

03.10.2024

foreign

              2024-yil 2 oktaybr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida “Samarali diplomatiya – tinchlik va barqarorlik kalitimavzusida tajribali diplomat, Oʻzbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nurimbetov Raxmatulla Ibrohimovich bilan davra suhbati boʻlib o`tdi. Tadbir davomida R.Nurimbetov bugungi nihoyatda murakkab va tahlikali zamonda  tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda diplomatiyaning ahamiyati, halqaro munosabatlarni rivojlantirishda Elchilarning roli haqida maʼruza qildi, jahon amaliyotidan misollar keltirdi.

Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.