Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Samarqandga tashrif

08.10.2024

foreign

2024 yilning 6 oktyabr kuni JIDU akademik litseyining Viadrina universiteti qo'shma dastur professor-o'qituvchilari ko'hna Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.

Tashrif chogida ular Go'ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Shohizinda me'moriy majmualariga ziyorat uyushtirdilar.

Qadimiy va ko'hna Samarqand shahrining osori atiqalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.