Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Ajiniyoz Qo`siboy o`g`li xotirasiga bag`ishlangan abadiy-badiiy ochiq dars

Ajiniyoz Qo`siboy o`g`li xotirasiga bag`ishlangan abadiy-badiiy ochiq dars

09.10.2024

foreign

2024 yil 7-oktabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Atoqli Qoraqalpoq mumtoz shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻg'li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan IG2-24 guruhida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hamdamova Manzura boshchiligida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻg'li xotirasiga bagʻishlangan adabiy-badiiy ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida shoir hayoti va ijodi haqida tayyorlangan namoyish va ma'lumotlar taqdim etildi. Oʻquvchilar Ajiniyoz she'rlaridan namunalar aytib berishdi. Qoraqalpoq musiqasiga raqs va dutor joʻrligida qoraqalpoq kuyi ijro etildi.

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar munosib  baholandilar.

Ochiq dars oʻzaro hamjihatlik, ijodkorlik va koʻtarinkilik ruhda boʻlib oʻtdi.