Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Kareliya universiteti bilan hamkorlik muvaffaqiyatli davom etmoqda

Kareliya universiteti bilan hamkorlik muvaffaqiyatli davom etmoqda

17.10.2024

foreign

2024 yilning 16 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida qo‘shma dasturlar doirasida Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti prezidenti Petri Raivo hamda Toshkentdagi Nordik xalqaro universiteti vakillari ishtirokida Finlyandiyada ta’lim olish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbir chog`ida  P.Raivo Kareliya amaliy fanlar universiteti, Nordik xalqaro universiteti va Akademik litsey o`rtasida qo`shma ta`lim dasturi doirasida hamkorlik muvaffaqiyatli davom etayotganini  chuqur mamnuniyat bilan izhor qildi.

Finlyandiylik hamkor nafaqat Kareliya amaliy fanlar universitetida balki Finlyandiyaning boshqa nufuzli universitetlarida o‘qish istagi bor o‘quvchilarga muhim maslaxat va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Akademik litsey bilan hamkorlikdagi qo‘shma dasturning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha Nordik xalqaro universiteti vakillari ham o‘z tavsiyalarini o‘quvchilarga yetkazishdi.

Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.