18.11.2024
2024 yil 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyi oʻquvchilari uchun navbatdagi “Diplomatik mahorat darslari” tashkil qilindi.
Tadbirda Аkademik litsey ijrochi direktori, siyosiy fanlar nomzodi Oydin Mannopova qatnashib, o‘zbek diplomatiya maktabining rivoji, mamlakatimiz tashqi siyosatini amalga oshirishda diplomatlarning o‘rni, mintaqada barqarorlikni mustahkamlash maqsadida olib borilayotgan ishlar xususida maʼruza qildi. Diplomatlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilganligi to‘g‘risida amaliyotdan misollar keltirildi.
Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.