04.12.2024
\

2024 yil 3-dekabr kuni JIDU akademik litseyining Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan qo'shma dastur doirasida tahsil olayotgan o'quvchilari Finlyandiyaning Joensuu shahrida joylashgan ushbu universitet kampusiga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog'ida Kareliya amaliy fanlar universiteti rektori Petri Raivo, ta'lim yo'nalishi dekani Risto Salminen va bosh mutaxassis Mervi Heikkinen o'quvchilarga IT, xalqaro biznes, sanoat menejmenti yo'nalishlari haqida taqdimot o'tkazdilar.
Shu bilan birgalikda o'quvchilar universitet kampuslarini borib ko‘rdilar, ishlab chiqarish muhandislik laboratoriyasida universitet imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek tashrif chog'ida JIDU akademik litsey direktori O.S.Mannopova va Koreliya amaliy fanlar universiteti rektori, prof. Petri Raivo hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida muzokaralar olib bordilar.