06.12.2024
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida 2024 yil 5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Faollar zalida JIDU talabalari va Аkademik litsey o‘quvchilari ishtirokida «Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi» nomli qo‘shma ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida JIDU talabalari va Аkademik litsey o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixi, unda aks etgan moddalarda inson huquqlari kafolatlanganligi to‘g‘risida sahna ko‘rinishlari, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan, inson huquqlarini himoya qilgan o‘zbek jadidlari faoliyatini madh etuvchi adabiy kompozitsiyalar, shuningdek milliy ashula va raqslar bilan chiqishlar qildilar.
Tadbirda faol qatnashgan talaba va o‘quvchilar JIDU va Аkademik litsey rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.