07.12.2024
2024 yil 5-dekabr kuni JIDU akademik litseyining Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan qo'shma dastur doirasida tahsil olayotgan o'quvchilari safar chog'ida Shwetsiya qirolligidagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasiga tashrif buyurdilar. Bu yerda Ozbekiston Respublikasining Shwetsiya qirolligidagi Favqulodda va Muhtor elchisi R.Nurimbetov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog'ida o'quvchilar Shwetsiya qirolligi va O'zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi kundagi holati, Shwetsiyaning ta'lim tizimi, madaniyati, san'ati haqida atroflicha ma’lumotlarni oldilar.
Shuningdek, o'quvchilar qirollik saroyi muzeyiga, Shwetsiya monarxining rasmiy qarorgohiga tashrif buyurib, ushbu mamlakat to‘g‘risidagi bilimlarini boyitdilar.