14.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq 2024-yil 25-noyabr - 4-dekabr kunlari umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Asosiy olimpiadaning III (Toshkent shahar) bosqichida JIDU akademik litseyi oʻquvchilari ham munosib ishtirok etishdi.
Akademik litsey oʻquvchilaridan 6 nafari ushbu bosqichda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar, bularning 3 nafari IV (Respublika) bosqichida qatnashish huquqiga ega boʻldilar. Shu munosabat bilan 2024-yilning 13-dekabr kuni JIDU kinozalida fan olimpiadalari sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida II-kurs AFR2-23 guruhi oʻquvchisi Rahimova Mohinur (ingliz tili, II-oʻrin) II-kurs AFR1-23 guruhi oʻquvchisi Zaripov Latif (nemis tili, III-oʻrin), II-kurs IG1-23 guruhi oʻquvchisi Axmedjanov Iskandar (tarix, III-oʻrin), I-kurs IG2-24 guruhi oʻquvchisi Zulxanov Asilbek (huquqshunoslik, I-oʻrin), I-kurs IG1-24 guruhi oʻquvchisi Iskandarova Ruhshona (tarix, III-oʻrin), I-kurs IG1-24 guruhi oʻquvchisi Ergashev Firdavs (tarix, II-oʻrin) akademik litsey rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.