Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

"Wisdom Game" o‘yini ommalashib bormoqda

"Wisdom Game" o‘yini ommalashib bormoqda

23.12.2024

foreign

2024-yil 20-dekabrda JIDU yotoqhonasi foyesida Akademik litsey  o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi "Wisdom Game" interaktiv-intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yin qoidalari JIDU Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yoshlarda intellektual qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.Bo‘lib o‘tgan tadbirda Akademik litsey o‘quvchilaridan iborat 12 jamoa ishtirok etdi.  O‘yin davomida o‘quvchilar mantiqiy savollarga javob berishdi, rebuslar va topishmoqlarni echishdi, tarih, adabiyot, musiqa, kino sohalarida o‘z bilimlarini namoyon qilishdi. Qiziqarli o‘tgan musobaqada АФР3-24 jamoasi g‘olib deb topildi va "Wisdom Game" kubogini qo‘lga kiritdi. O‘yinda faol ishtirok etgan boshqa jamoalar fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.