Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Yangi yil arafasida bayram tadbiri

Yangi yil arafasida bayram tadbiri

27.12.2024

foreign

2024 yil 24 dekabrda Akademik litseyda pedagog o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida kirib kelayotgan Yangi yil bayramiga  bag‘ishlangan kontsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Akademik litsey o‘quvchilari o‘zlari tayorlagan kontsert dasturini namoish qildilar. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, namoyish qilingan badiiy kompozitsiyalar va raqslar, tashkil etilgan tanlovlar tadbir ishtirokchilarida zo‘r  taasurot qoldirdi. 

Kontsertda faol ishtirok etgan o‘quvchilar  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.