07.01.2025
2024 yil 25 dekabrda Akademik litsey pedagog o‘qituvchilari uchun «Pedagogning kasbiy professionalligi: pedagogik mahorat, ijodkorlik, pedagogik texnika» mavzusida seminar uyushtirildi. Seminarni Toshkent Davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Ravshan Ishmuhammedov olib bordi. O‘z taqdimotida R.Ishmuhammedov kreativ pedagoglarning eng muhim sifatlari, pedagog kasbiga zamonaviy yondashuvlar , pedagogik professionallik ko‘rsatkichlari, pedagogik mahoratning shakllanishi va rivojlanishi kabi masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi, amaliyotdan misollar keltirdi.Qiziqarli va jonli o‘tgan seminar so‘ngida o‘qituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.