Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Raqamli ta’limni rivojantirish – muvaffaqiyat kaliti

Raqamli ta’limni rivojantirish – muvaffaqiyat kaliti

07.01.2025

foreign

2025-yil 7-yanvarida Akademik litsey pedagog o‘qituvchilari uchun «Raqamli ta’lim resurslaridan foydalangan holda o‘quv  jarayonini tashkillashtirish» mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Vohid Hamidov olib bordi. Tadbir davomida V.Hamidov raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim jarayoni sifatini oshirish, yoshlarga zamonaviy bilim olish va kasb egallashlari uchun videodarsliklar yaratish, onlayn va masofadan ta’lim olishni sifatli tashkil etish bo‘yicha seminar ishtirokchilariga atroflicha ma’lumot berdi. Raqamli ta’lim resurslari   darslarning interaktivligini oshirish, ta’limni individuallashtirish va o‘quvchilarda raqamli savodxonlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlab o‘tildi.Qiziqarli va jonli o‘tgan seminar so‘ngida o‘qituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.