Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

O‘qituvchilar uchun psixologik trening o‘tkazildi

O‘qituvchilar uchun psixologik trening o‘tkazildi

08.01.2025

foreign

2024 yil 27 dekabrda Akademik litsey pedagog o‘qituvchilari uchun «Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish» mavzusida psixologik trening tashkil qilindi. Treningni tajribali psixolog Madina Tolibjonova olib bordi. Tadbir davomida M.Tolibjonova jamoa tushunchasi, jamoa a’zolarining bir maqsad yo‘lida qanday harakat qilishi, ijobiy natijaga erishish yo‘llari haqida maslahatlar berdi, o‘qituvchilarni psixologik holatini aniqlash maqsadida turli testlar va o‘yinlar o‘tkazdi.Qiziqarli va jonli o‘tgan trening so‘ngida o‘qituvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.