10.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida 2025-yil 10-yanvar kuni «Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasining Harbiy psixologiya va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Fransiyada oʻtkazilgan “Parij-2024” yozgi paralimpiya oʻyinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar ishtirok etdilar. Uchrashuvda so‘zga chiqqan harbiy fanlar dokto‘ri, podpolkovnik Akromjon Shohakimov, sikl boshlig‘i, podpolkovnik Sherzod Ravshanov mazkur bayramning tarixiy ahamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining bugungi kundagi salohiyati, vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli burchi ekanligi to‘grisida gapirdilar. Parataekvondo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sovrindorlari Guljanoy Naimova va Ziyodaxon Isoqovalar ham so‘zga chiqib, Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yutuqlarini vatanga cheksiz muhabbat, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish istagi kabi his-tuyg‘ular bilan bog‘ladilar. Shundan so‘ng Akademik litsey o‘quvchilari vatan haqidagi she’rlar bilan tadbir qatnashchilarini bayram bilan qizg‘in tabrikladilar.Tadbir nihoyasida mehmonlarga Akademik litsey rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.