10.01.2025
2025-yil 10-yanvar kuni JIDU akademik litseyi xalqaro qo‘shma dastur doirasidagi guruh o‘quvchilari Xalqaro Nordik universitetida tashkil qilingan ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida o‘quvchilarga finlyandiyalik fotograf va siyosatchi Karl Gustav Emil Mannergeymning hayoti, uning ijodiy faoliyati hamda prezidentlik davrida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.Ko‘rgazmada namoyish qilingan noyob fotolarning muhimligi va ularning olinish sharoiti to‘g‘risida bir nechta real voqelikni tasvirlovchi hikoyalar bilan bir qatorda fotolardagi insonlar, ularning kelib chiqishi, shug‘ullanayotgan mashg‘ulotlari to‘g‘risida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.Ko‘rgazmada o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.