Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Lider qizlar klubi faolligi oshib bormoqda

Lider qizlar klubi faolligi oshib bormoqda

14.01.2025

foreign

Joriy yilning 10-yanvarida JIDU akademik litseyida Lider qizlar klubi tomonidan «Ayollar va bolalar huquqlarini anglash harakati» doirasida «Dunyo ayollar nigohida» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda akademik litsey Lider qizlar klubi faollari o‘zlarining ma'ruzalari va sherlari, mavzu bo‘yicha tayorlagan posterlari bilan ishtirok etishdi. 
Xususan, klub a’zosi Rayhona Ho‘jayeva “Dunyo ayollar nigohida” mavzusida ma’ruza qildi,  AFR2-24 guruhi o‘quvchisi Robiya Amirxonova o’zining “Mening bilganlarim” nomli she’ri  bilan  davra suhbatini yanada jonlantirdi.
Klub ishtirokchilari faol ravishda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, ayollar huquqlari, tenglik, himoya va qo‘llab-quvvatlash masalalarini birgalikda muhokama qilishdi.Mazkur tadbir jamiyatda ayollar huquqlari va qadriyatlarini targ‘ib qilish masalasida har bir ishtirokchining bilimlarini yanada boyitdi, gender tenglikni ta’minlashda yana bir muhim amaliy qadam bo‘ldi.