03.02.2025
2025-yil 30-yanvar kuni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning mazkur bosqichida 5 nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilarning taqdimotlari baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon o‘quvchisi” nominatsiyasida JIDU akademik litseyi IG2-23 guruhi o‘quvchisi Farhod Choriyev fahrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu muvafaqiyat bilan ko‘rik-tanlov g‘olibini yana bir bor qutlaymiz!