Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Alisher Navoiy merosi – beqiyos ma’naviy xazina

Alisher Navoiy merosi – beqiyos ma’naviy xazina

08.02.2025

foreign

       Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi arafasida 2025-yil 7-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida «Alisher Navoiy merosi – beqiyos ma’naviy xazina» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda O’zbekiston Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, dotsent Sayfiddin Rafiddinov ishtirok etdi. 
Taniqli navoiyshunos olim o‘z chiqishida buyuk shoir hayoti, ijodi va olib borgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot berdi. 
O‘quvchi yoshlar tomonidan adib hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari,  milliy raqslar namoyish etildi.   
Navoiy gʻazallaridan, ruboiy va qitʼalaridan parchalar oʻqildi, ayniqsa mahorat bilan ijro etilgan Navoiy va Guli obrazlari ishtirokchilarning olqishlariga sazovor boʻlib, katta taʼsurot qoldirdi.