15.02.2025
2025-yil 14-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyi o’quvchilari uchun navbatdagi «Diplomatik mahorat darslari» tashkil qilindi.
Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Adham Rasulov maʼruza bilan qatnashib, o‘quvchilarga mustaqil O’zbekiston diplomatiyasining rivoji, davlat protokoli xizmatining shakllanishi, mamlakat tashqi siyosatini amalga oshirishda diplomatlarning ro’li hususida ma’lumot berdi. Asosiy e’tibor davlat rahbarlari ishtirokidagi tashriflar va katta siyosiy tadbirlarni tashkil qilishda protocol xizmatining rolini yoritishga qaratildi. Mavzuga oid videolavhalar namoyish qilindi.
Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.