28.02.2025
2025-yil 27-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida Vengriyaning Djon fon Noyman Universiti taqdimoti o’tkazildi.
Mazkur universitet dekani Yodjef Karpati o’z taqdimotida o’quvchilarni universitet tarihi, bugungi kuni, ushbu oliy ta’lim muassasi oldida turgan vazifalar, ta’lim yonalishlari bilan tanishtirdi. Alohida e’tibor mazkur oliygohga kirish shartlari, to’lo’v miqdori, grant olish imkoniyatlarini tushuntirishga qaratildi.
Taqdimot nihoyasida o’quvchilar Y.Karpatiga savollar berib, o’zlari uchun qiziqarli ma`lumotlarni oldilar.