03.03.2025
2025-yilning 1-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini doirasida “Rektor kubogi” o‘tkazidu. Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda ixtisoslashgan litsey jamoalari qatorida JIDU akademik litseyining 3 jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning intellektual salohiyatini hamda universitetga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.
Qizg‘in bellashuv va kuchli raqobat asosida o‘tgan o‘yinda ishtiyoq, birdamlik jamoalarni g‘oliblik sari undagan bo‘lsa, tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash kabi jihatlarga ko‘ra ularning ishtiroki baholab borildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, JIDU akademik litseyining "Evrika" va "Tafakkur" jamoalari birinchi va uchinchi o‘rinlarni, 11-umumta’lim maktabi jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egalladilar.
Intellektual o‘yin yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.