20.03.2025
2025-yilning 19-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bosh gʻoyasi asosida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, horijiy hamkorlar va mehmonlar, san’at ustalari, akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Akademik litseyi jamoasi tomonidan o‘zbek xalqining boy adabiy-madaniy merosini va milliy an’analarini aks etuvchi sahna koʻrinishlari namoyish qilindi, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etildi, ona tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ifodalovchi ko‘rgazma tashkil qilindi.
Tadbir davomida azaliy urf-odatlarimizga muvofiq, bahor fasliga xos milliy taomlar jumladan: ko‘k somsa, chuchvara, qatlama, bahoriy pishiriqlar, chak chak, holvaytarlar bilan bezatilgan bayramona dasturxonni mehmonlar eʼtiboriga havola qilindi.
Bayram kutarinki ruhda o‘tdi va ishtirokchilarda zo‘r taasurot qoldirdi.