20.03.2025
2025-yilning 20-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida respublikamizda nishonlanayotgan “Yer kuni” munosabati bilan ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish mavzusida o’qituvchi va o’quvchilar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan o’qituvchilar mamlakatimizda atrof-muhitni muxofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida o’quvchilarga atroflicha ma’lumot berdilar.
O‘z navbatida o’quvchilar ekologiya mavzusida qator taqdimotlarni namoyish qildilar. Bunda asosiy e’tibor turli mamlakatlarda insonlarni sayoramiz yagonaligini xis qilish, ona tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash masalalariga qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zaro savol-javoblar orqali o‘zlarining ona tabiat haqidagi blimlarini yanada boyitdilar.