Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Sayyoramizni asraylik!

Sayyoramizni asraylik!

26.03.2025

foreign

2025-yilning 26-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o’qituvchi va o’quvchilar ishtirokida “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan o’qituvchi va o’quvchilar  mamlakatimizda atrof-muhitni muxofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Asosiy e’tibor ekologik xavfsizlik, insonlarni sayoramiz yagonaligini xis qilish, ona tabiat bilan uyg‘unlikni ta’minlash masalalariga qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro  savol-javoblar orqali  o‘zlarining ekologiya va ona tabiat haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar.

Tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amho‘rlik ko‘rsatish maqsadida akademik litsey jamoasi “Yer vaqti” respublika aksiyasiga qo‘shildi va o‘quv muassasida elektr energiyasi bir soatga o‘chirildi.