26.03.2025
2025-yil 26-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro Nordik universiteti hamda JIDU akademik litseyi hamkorligida tashkil qilingan bilan qoʻshma dastur oʻquvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda JIDU akademik ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akrom Umarov, Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti, Nordik xalqaro universiteti va akademik litsey oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturi muvaffaqiyatli davom etayotganligini, bugungi tadbir mazkur hamkorlikning birinchi amaliy mahsuli ekanligini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Shundan soʻng Xalqaro Nordik universiteti bilan qoʻshma dastur asosida tahsil olgan 31 akademik litsey oʻquvchisiga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi, shundan fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha yuqori ball olgan 9 nafar oʻquvchi Xalqaro Nordik universitetining 2-kursida oʻqishni davom ettirish huquqini qoʻlga kiritdilar.
Tadbir davomida Xalqaro Nordik universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi