04.04.2025
2025-yil 4-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Аkademik litsey yoshlar ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Abror Fatxullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘ng o‘quvchilarga Sohibqiron hayoti va faoliyati to‘g‘risidagi videolavha namoyish etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi Saidbahrom Azizov Amir Temur hayoti, uning yirik davlat arbobi sifatidagi olib borgan siyosati, bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot berdi. Asosiy e’tibor XIV-XV asrlardagi Ikkinchi Renessans davrida Temuriylar homiyligida ilm-fan taraqqiyoti mavzusiga qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida o‘quvchi yoshlar tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish etildi, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro qilindi.