Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Ozarbayjonlik hamkorlar bilan onlayn-muloqot

Ozarbayjonlik hamkorlar bilan onlayn-muloqot

08.04.2025

foreign

2025-yilning 7-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi hamda Ozarbayjon Respublikasi Diplomatik akademiyasi  (ADA )maktabi, Toʻgli Qorabogʻning Fuzuliy tumanida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida hamkorlik dasturlari doirasida “Mushtarak tarix va madaniyat” mavzusida  onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

Akademik litsey oʻquvchilari ozarbayjonlik tengdoshlariga o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va qadimiy Buxoro, Samarqand, Xiva hamda Toshkent shaharlari, ulardagi tarixiy obidalar, oʻz navbatida ozarbayjonlik oʻquvchilar Ozarbayjon Respublikasi tarixi, tabiati va zamonaviy taraqqiyoti  haqida  ma’lumotlar berishdi.

Tadbirda oʻquvchilar tomonidan qardosh xalqlar kuy-qoʻshiqlari, raqslari ijro etildi.