Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Burdur universiteti bilan tanishuv

Burdur universiteti bilan tanishuv

08.05.2025

foreign

2025 yil 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida o’quvchilar uchun Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti taqdimoti o’tkazildi.

Mazkur universitet professori Dursun Ko‘je o’z taqdimotida o’quvchilarni universitet tarihi, bugungi kuni, ushbu oliy ta’lim muassasi oldida turgan vazifalar, ta’lim yonalishlari bilan tanistirdi. Alohida e’tibor mazkur oliygohga kirish shartlari, to’lo’v miqdori, grant olish imkoniyatlarini  tushuntirishga qaratildi.

Taqdimot nihoyasida o’quvchilar turkiyalik mehmonga  savollar berib, o’zlari uchun qiziqarli ma`lumotlarni oldilar.

Tadbirdan so‘ng professor D.Ko‘je va Аkademik litsey rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida ta’lim sohasida ikkitomonlama hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama etildi.