10.05.2025
2025-yil 8-may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo‘yicha bosh qarorgohiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif doirasida litsey o‘quvchilari BMT faoliyati, global muammolar yechimi yo‘lida olib borilayotgan xalqaro diplomatik sa’y-harakatlar, inson huquqlari, tinchlik va xavfsizlik masalalaridagi tashabbuslar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular BMTning turli agentliklari faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘lib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga bevosita mutaxassislardan javob olishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar xalqaro munosabatlar, diplomatiya va global hamkorlik borasidagi bilimlarini mustahkamladilar.