Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Xalqaro Mehnat tashkilotida uchrashuv

Xalqaro Mehnat tashkilotida uchrashuv

10.05.2025

foreign

          2025 -yil 9- may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari  Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti (MOT)ga tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad — o‘quvchilarni xalqaro tashkilotlarning ishlash prinsiplari, mehnat huquqlari, global ijtimoiy adolat va inson salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi

         Tashrif davomida ishtirokchilar MOT faoliyati, xalqaro mehnat standartlarini ishlab chiqish jarayoni, va mehnatga oid global muammolar yuzasidan ma’lumotlar olishdi. Mazkur tashrif o‘quvchilarda xalqaro sahnadagi muammolarga nisbatan tushuncha va mas’uliyatni oshirib, ularni kelgusida xalqaro miqyosda faol ishtirok etishga undaydi.