Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Shveytsariyaga tashrif davom etadi

Shveytsariyaga tashrif davom etadi

13.05.2025

foreign

            2025-yil 12-may kuni Shveytsariyada bo‘lib turgan  bir guruh JIDU akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari mamlakatning nufuzli ilmiy muassasalaridan biri — Jeneva Astronomiya Observatoriyasiga tashrif buyurishdi.Tadbir davomida o‘quvchilar zamonaviy kuzatuv teleskopining ishlash mexanizmlari bilan tanishib, observatoriyaning teleskopik gumbazida real kuzatuv jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.Tashrif ishtirokchilarida fan va kashfiyotga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Ular ilm-fan sohasi mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘z bilimlarini boyitishdi. Ilmiy safarning ikkinchi qismida O'zbekiston Respublikasining Jenevadagi vakolatxonasi hodimlari tomonidan o'quvchilar uchun piknik uyushtirildi. Jeneva tabiatining go‘zal manzaralari bag‘rida tashkil etilgan ushbu tadbir jamoatchilik vakillari bilan tanishish imkoniyatini yaratdi, o‘quvchilarda vatandoshlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi.