Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Parijga tashrif

14.05.2025

foreign

           2025 yilning 13- may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Parij shahrida joylashgan  O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasiga tashrif  buyurdilar.Ushbu tashrif davomida o‘quvchilar elchixona faoliyati, O‘zbekiston–Fransiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdilar. O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va Muhtor elchisi N.G'aniyev o‘quvchilarga o‘zlarining tajribalari, xorijda yurtimiz manfaatlarini himoya qilishdagi faoliyatlari haqida atroflicha ma'lumot berdilar.Shuningdek,  JIDU akademik litsey o'quvchilari uchun Fransiya poytaxti Parij shahriga tashkillashtirilgan madaniy-ma’rifiy sayohat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Sayohat davomida o‘quvchilar Parijning tarixiy yuragi bo‘lgan Elisee maydoni (Place de l'Etoile) va undan nur taratib turgan Eyfel minorasi manzarasidan zavq oldilar. Sena daryosi bo'ylab sayr tashkil etildi.