Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Viadrina universiteti bilan hamkorlik muvafaqiyatli davom etmoqda

Viadrina universiteti bilan hamkorlik muvafaqiyatli davom etmoqda

21.05.2025

foreign

JIDU akademik litseyi va Viadrina universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi Fast Track qo'shma dasturi  doirasida  2025-yil 16-mayda Toshkent shahrida JIDU akademik litseyi ijrochi direktori O.Mannopova hamda Viadrina universiteti Fast Track dasturi koordinatori S. Melcher  o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘quv dasturlarini takomillashtirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma seminarlar va akademik loyihalarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Fast Track dasturining kelgusi bosqichlarini yanada mazmunli va samarali qilishga doir takliflar bildirildi.

O‘zbekistonga tashrif davomida Viadrina universiteti professor-o‘qituvchilarining Samarqand shahriga safarlari uyushtirildi.

Mehmonlar  bu erda Afrosiyob yodgorlik majmuasi, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar. Ularda O‘zbekiston tsivilizatsiyasining betakror durdonalari, milliy me’morchilik uslubi va tarixiy qadriyatlar chuqur taassurotlar qoldirdi.