Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

TEDxALUWED Youth – ilhomlantiruvchi nutqlar maydoni

TEDxALUWED Youth – ilhomlantiruvchi nutqlar maydoni

29.05.2025

foreign

2025-yil 27-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida notiqlik san’ati bo‘yicha TEDxALUWED Youth tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xalqaro TED konferensiyasi shartlari asosida o‘tkazilib,  o‘quvchilarda ingliz tilida ijodiy fikrlash, omma oldida erkin nutq so‘zlash, shuningdek, dolzarb ijtimoiy, psixologik va madaniy masalalarga o‘z munosabatlarini bildirish  kabi ko‘nikmalarni  rivojlantirishga qaratildi.

Konferensiya davomida akademik litsey o‘quvchilari Mohinur Raximova,  Abduvosiq Axmetov, Malika Erkinjonova,  Behruzbek Yusupov,  Zafarbek Axmedov,  Diyora Karimova, Saida                              Murotova, Samira Asqarova, Komronbek Ergashev,  Madina Mahkamboyeva turli mavzularda  chiqish qildilar.

Tadbir yakunida barcha notiqlarga esdalik sertifikatlari topshirildi, tashkilotchilar - xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Surayyo Tursunboyevaga hamda litsey o‘quvchilari kengashi raisi Samir Kamolovga minnatdorchilik bildirildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarni o‘z fikrlarini ochiq va aniq ifoda etishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga, shuningdek, ijtimoiy va madaniy masalalarga chuqurroq nazar bilan qarashga undagan muhim tashabbus bo‘ldi.