03.07.2025
2025-yil 3-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyi tillar kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilar uchun “Pandemiya” kinofilmi namoyishi va tahlili tashkil etildi.
O‘quvchilarga mazkur filmning yaratilish tarixi, uning o‘zbek kino san’atida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi.
O‘quvchilar mazkur filmning yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirdilar, unda ko‘tarilgan muammolar hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yoqotmaganligini qayd etdilar.