Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish – davr talabi

Yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish – davr talabi

04.07.2025

foreign

           2025-yil 4-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida “Yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb va xorijiy tillarni o‘rgatish – davr talabi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. 
           Tadbir boshlanishida akademik litsey o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.To‘xtaboyeva, qo‘shma dasturlar bo‘yicha koordinator M.Sanayev akademik litseyda o‘q‘uv jarayoni, qabul shartlari, horijiy tillarga o‘rgatish va qo‘shma dasturlardagi imkoniyatlar to‘g‘risida  taqdimotlar qildilar. 
          O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i E.Umarov o‘z chiqishida o‘quvchilarni xorijiy til va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatishning dolzarbligi masalalariga to‘xtaldi. Xususan, xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini olib borish uchun yoshlarni zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish  bo‘yicha agentlik tomonidan respublika o‘quv ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar xususida tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma’lumot berildi. 
         Seminar davomida «GLOBOGATE concept AG» (Shveytsariya) shirkatining Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan “Germaniyada tibbiyot akademiyasi” loyihasi taqdimot qilindi. Asosiy e’tibor mazkur loyiha doirasida Germaniyada tibbiyot sohasida mexnat faoliyatini olib borishga O‘zbekiston yoshlarini kasbiy tayorlash, nemis tiliga o‘rgatish masalalariga qaratildi.