29.07.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining qo'shma dasturda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilari Germaniyaning nufuzli Viadrina universitetiga yozgi til kurslarida qatnashish uchun tashrif buyurdi.
2025-yil 29-iyul kuni Viadrina universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetning ta’lim tizimi, mavjud sharoitlari, o‘quv va ilmiy yo‘nalishlari yuzasidan maxsus taqdimot tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar universitetda ta’lim olish imkoniyatlari, talabalar hayoti, xalqaro dasturlar va akademik almashinuv loyihalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Mazkur tashrif o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro tajriba ortirish va kelgusida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘qishni davom ettirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.