Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Viadrina universitetida yozgi til kurslarida ishtirok etmoqda

JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Viadrina universitetida yozgi til kurslarida ishtirok etmoqda

31.07.2025

foreign

2025-yil 29-iyul kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Germaniya safari doirasida Berlin shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasiga tashrif buyurishdi. Talabalarning Germaniya madaniyati va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Berlin shahrining bir qator diqqatga sazovor joylariga tashriflar tashkil etildi. Jumladan, Germaniya Bundestagi (parlamenti), tarixiy Reyxstag binosi, mashhur Berlin devori, Brandenburger darvozasi hamda Berlinning markaziy nuqtalaridan biri bo‘lgan Alexandrplatz maydoniga borildi.