Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Qo'shma dastur

03.08.2025

foreign

              2025 yil 30 iyul kuni JIDU akademik litseyi qo'shma dastur o'quvchilari va pedagoglarining  Germaniyaga tashrifi doirasida Yevropa Viadrina universiteti  rektori, professor Eduard Mühle  va akademik litsey direktori O.S.Mannopova o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ta'lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, akademik hamkorlikni kengaytirish, o‘quvchilar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, litsey o‘quvchilari universitet infratuzilmasi, ta’lim tizimi, xalqaro dasturlar hamda Viadrina kutubxonasi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv yoshlarimizga Yevropa ta’lim muhitini bevosita his qilish, til ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash va kelajakdagi akademik rejalari uchun muhim tajriba bo‘ldi.