Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

"Amir Temir vorislari" harbiy-sport spartakiadasi boʻlib oʻtdi.

"Amir Temir vorislari" harbiy-sport spartakiadasi boʻlib oʻtdi.

23.10.2025

foreign

2025-yil 23-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Amir Temir vorislari” nomli harbiy-sport spartakiadasi oʻtkazildi. Tadbir yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash hamda Amir Temir bobomizning jasorat, qatʼiyat va gʻalabaga ishonch kabi fazilatlarini yoshlar ongiga singdirish maqsadida tashkil etildi.

Spartakiadada litsey oʻquvchilari oʻrtasida arqon tortish, turnikda tortilish,  tosh koʻtarish,  va granata uloqtirish kabi yoʻnalishlarda musobaqalar boʻlib oʻtdi. Bellashuvlar qizgʻin ruhda, doʻstona muhitda oʻtkazildi.

Gʻolib va sovrindor guruhlar litsey rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar, medallar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni sogʻlom turmush tarziga, mardlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.