31.01.2026
2026-yil 30-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni isteʼmol qilish, shuningdek diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyalari va taʼsiriga tushib qolish holatlari oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida IIB akademiyasi tenglovchisi Muzrobot tumani IIB boshlig'i birinchi o'rinbosari mayor B.Umarov, Litsey professor o’qituvchilari ishtirok etdi. Ma’ruzachilar o‘quvchilarga "Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish" oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvand moddalar, psixotrop dorilar muomalasining zararli oqibatlari to‘g‘risida profilaktik tushuntirish berishdi.
Tadbirda o‘quvchilarga Kiberjinoyatchilikka bilan bog‘liq huquqiy javobgarlik masalalari, shuningdek, yoshlar orasida bu jinoyatlarga qarshi immunitetni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuvda o‘quvchilarning huquqiy ongi va ogohligini oshirish, salbiy ijtimoiy illatlardan yiroq bo‘lish, sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir oxirida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.